Matbuot markazi

O‘zbekiston Rossiya vaksinalariga ishonadi va ularni sotib olishga tayyor — video

Nurmat Otabekov: biz odatda vaksinani Rossiya Federatsiyasidan sotib olamiz.
Sputnik
O‘zbekiston hukumati Rossiya vaksinalariga ishonadi va ularni, xususan, gripp va O‘RVIga qarshi vaksinalarni xarid qilishni davom ettirishga tayyor. Bu haqda mamlakat sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“Gripp va O‘RVIning mavsumiy kuchayishidan oldin, biz odatda vaksinani Rossiya Federatsiyasidan sotib olamiz... Biz Rossiya Federatsiyasining vaksinalariga ishonamiz”, — dedi Otabekov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hamkorligiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosi.