TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Shveysariyadagi xalqaro turnirda oltin va bronza medallariga ega chiqishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Jenevada yengil atletika bo‘yicha “Atleticageneve – EAP” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Butunjahon yengil atletika federatsiyasining bronza darajasidagi ushbu musobaqada qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Predstaviteli sbornoy Uzbekistana podnyalis na pyedestal pochota v Shveysarii
© NOK
“Mahoratli sportchimiz Anvar Anvarov uzunlikka sakrash sektorida roppa-rosa 8 metr natija bilan birinchi o‘rinni egalladi. Osiyo o‘yinlari chempioni Safina Sadullayeva esa balandlikka sakrashda bronza medali bilan taqdirlandi”, — deyiladi xabarda.
Uzunlikka sakrash: Anvar Anvarov (O‘zbekiston) - 8.00 metr, Gerson Balde (Portugaliya) - 7.86, Yu-Tang Lin (Xitoy Taipeyi) - 7.82.
Balandlikka sakrash: Elizabey Pihela (Estoniya) - 1.89 metr, Britt Virman (Niderlandiya) - 1.89, Safina Sadullayeva (O‘zbekiston) - 1.83.