TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘tgan kechada Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning 33 ta uchuvchisiz samolyotini yo‘q qildi. Bu haqda RIA Novosti Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
“Bransk viloyati hududida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yigirma sakkizta, Smolensk viloyati hududida ikkita, Lipesk viloyati hududida ikkita, Tula viloyati hududida bitta uchuvchisiz uchish apparatlari tutib olindi va yo‘q qilindi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Dushman samolyot tipidagi dronlardan foydalangan. Bundan oldin viloyat gubernatori Aleksandr Bogomaz Bransk viloyati hududiga yirik dron hujumi uyushtirilganini ma’lum qilgandi. Uning aniqlik kiritishicha, qurbonlar va vayronalar yo‘q.
Kiyev deyarli har kuni dronlarlar yordamida Rossiyaning chegara va markaziy hududlaridagi nishonlarga hujum qilishga harakat qilmoqda. Havo hujumidan mudofaa kuchlari dushman samolyotlarini tutib olmoqda. Kecha kechasi Smolensk viloyatida ikkita uchuvchisiz uchish apparatlari yo‘q qilingan.