TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentdagi “Birodarlik qabristoni” yodgorlik majmuasida Ulug‘ Vatan urushi boshlangan kunga bag‘ishlangan gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Marosimda Rossiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov, Belarus va Qozog‘iston elchilari, Toshkentdagi Rus uyi vakillari va boshqalar ishtirok etdi.
Shuningdek, bugun majmua hududida har yili o‘tkaziladigan “Xotira shami” aksiyasi ham bo‘lib o‘tadi.