O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi

Qo‘shma aniq tadbirlar va parlament delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishga ham kelishib olindi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Kecha, 21-iyun kuni Cho‘lpon-Ota shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston parlamentlararo hamkorlik komissiyaning IV majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston tomonidan komissiya hamraisi O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hisoblanadi. Qirg‘iziston tomonidan – Qirg‘iziston Jogorku Keneshi vitse-spikeri Nurlanbek Azigaliyev.
Tomonlar ochiq va konstruktiv ruhda ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollarini, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, hududlararo va chegaraoldi hududlari hamkorligini mustahkamlash, shuningdek, yuqori darajada erishilgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston kelishuvlarini amalga oshirishga ko‘maklashish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, kelgusida davlatlararo va parlamentlararo formatdagi muhim tadbirlar muhokama qilindi.
2024 yilga mo‘ljallangan Parlamentlararo hamkorlik rejasini amalga oshirishning borishi to‘g‘risidagi axborot, shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Sostoyalos ocherednoe zasedanie Mejparlamentskoy komissii po sotrudnichestvu mejdu Oliy Majlisom Respubliki Uzbekistan i Jogorku Keneshem Kirgizskoy Respubliki
Parlamentarizmni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro parlamentlararo tuzilmalar doirasida bir-birini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat vakillik organlarining barcha darajadagi o‘zaro hamkorligini faollashtirish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi, qo‘shma aniq tadbirlar va parlament delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.