Xorijga ishga ketuvchilar kerakli kasblarni qanday o‘rganishmoqda — video

Bu yerda elektr va gaz payvandchisi, santexnika ustasi, elektromontajchi, kranchi kabi talabgir kasblar o‘rgatilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Toshkent viloyatida yil boshidan buyon 2 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari xorijda ishlash uchun kerakli mutaxassisliklarni o‘rganishmoqda.
Mashg‘ulotlar monomarkazlarda, nodavlat ta’lim muassasalarida va qurilish mutaxassislarini tayyorlash markazlarida olib borilmoqda.

Ayni paytda bu yerda elektr va gaz payvandchisi, santexnika ustasi, elektromontajchi, kranchi kabi talabgir kasblar o‘rgatilmoqda. O‘quv kurslari 3,5 oydan 6 oygacha davom etadi. O‘quvchilar orasida nafaqat erkaklar, balki xotin-qizlar ham bor.

Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.