TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Biz sun’iy intellekt yordamida yaratilgan feyklarga qarshi kurashishni o‘rganishimiz kerak, dedi Bo‘stonliq tumanida davlat organlari matbuot kotiblari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan milliy konferensiyada AOKA direktori Asadjon Xodjayev.
Direktor aytishiga ko‘ra, oldingi yillarda sun’iy intellekt nou-xau sifatida paydo bo‘lgan bo‘lsa, endi bu kundalik faoliyatdagi muhim asbobga aylandi va shu bilan birga uning yordamida feyklar ham yaratilayotganini aytib o‘tdi.
“Endilikda biz sun’iy intellekt yordamida yaratilgan feyk va dipfeyklar, zamonaviy texnologiyalar bilan qurollangan firibgarliklarlar bilan kurashishni o‘rganishimiz, aholini mediasavodxonligini oshirishimiz zarur”, — dedi Xodjayev so‘zi davomida.
Agentlik direktori, shuningdek, axborot xizmatlari faoliyati doimiy jamoatchilik kuzatuvida ekanini ta’kidlab, ular faqat ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan muammolar bilan ishlamasdan, jurnalist so‘rovlariga ham javob berish va bu jarayonga ekspertlarni jalb qilish zarurligi aytib o‘tildi.
Ma’lumot uchun, 21-22 iyun kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 130 tadan ortiq davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari ishtirokida “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mazmunida V an’anaviy milliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
AOKA tashabbusi va NKMK bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tadbir 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuniga bag‘ishlangan.
AOKA tashabbusi va NKMK bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tadbir 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuniga bag‘ishlangan.
Davlat organlari matbuot kotiblari ishtirokida V Milliy konferensiya
© AOKA