Rospotrebnadzorning xavfli infeksiyalarni aniqlash bo‘yicha mobil laboratoriyalari O‘zbekistonda bir qator dasturlarni amalga oshirish uchun talabga ega. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
“Ushbu ko‘chma laboratoriyalardan foydalaniladi, ularning hech biri bo‘sh qolmaydi. Buning uchun mutaxassislar bor, test tizimlar bor”, — dedi Otabekov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xavfli infeksiyalarni aniqlash uchun Rossiya mobil laboratoriyalaridan foydalanish samaradorligi haqidagi savolga javoban.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.