TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida “Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi munosabati bilan kredit tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta’minlashga doir choralar darajasini oshirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Sentralniy bank nadelyayetsya dopolnitelnimi polnomochiyami po obespecheniyu kiberbezopasnosti
© Senat Oliy Majlisa
Mazkur qonunga asosan kredit va to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari, kredit burolari tomonidan xavfsizlik va kiberxavfsizlik tahdidlarni aniqlash hamda ularning oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha Markaziy bankka qo‘shimcha vakolatlari belgilanmoqda.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, “Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Bank siri to‘g‘risida”gi, “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi va “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga kiberxavfsizlikni ta’minlashga oid meyorlar kiritilmoqda.
Sentralniy bank nadelyayetsya dopolnitelnimi polnomochiyami po obespecheniyu kiberbezopasnosti
© Senat Oliy Majlisa
Qonun bilan bank axborot tizimlarida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qonunchilik talablarining buzilganligi holati qo‘pol qoidabuzarliklar qatoriga kiritilmoqda.
Bundan tashqari, banklarning axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini ta’minlash va bank sirini muhofaza qilish kabi qo‘shimcha maqsadlar qonunda aks ettirilmoqda.
Sentralniy bank nadelyayetsya dopolnitelnimi polnomochiyami po obespecheniyu kiberbezopasnosti
© Senat Oliy Majlisa
Senatorlarning fikricha, mazkur qonunning qabul qilinishi kredit va nobank kredit tashkilotlari faoliyatida hamda elektron hukumat tizimida axborot xavfsizligini kuchaytirishga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.