TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Vashington mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun Ukraina bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar boshlashi kerak. Bu haqda AQSh prezidentligiga mustaqil nomzod kichik Robert Kennedi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Men hozir AQSh, Rossiya va Ukraina bilan stol atrofida haqiqiy tinchlik muzokaralariga chaqiraman. Putin buni xohlardi. Biz ham shuni xohlashimiz kerak”, — dedi u.
Kichik Kennedi G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyat sayyoramizning vayron bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Shuningdek, u Ukrainani moliyalashtirishni to‘xtatishni talab qildi.