Rossiya va Pxenyan butun dunyoga yolg‘iz emasliklarini ko‘rsatdi — OAV

Putinning Shimoliy Koreyaga tashrifi Rossiyaning yolg‘iz emasligini va sanksiyalardan qo‘rqmasligini ko‘rsatdi.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Moskva va Pxenyan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning KXDRga tashrifi chog‘ida butun dunyoga yolg‘iz emasliklarini va G‘arbning izolyatsiya va sanksiyalar qo‘llash strategiyasidan qo‘rqmasligini ko‘rsatdi. Bu haqda RIA Novosti Xitoyning "Global Times" davlat nashriga tayanib xabar berdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir kun avval KXDRga davlat tashrifi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida tomonlar keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risida shartnoma tuzishdi.
Xitoylik harbiy ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Pxenyan bilan aloqalarni rivojlantirish orqali AQSh va uning ittifoqchilariga Rossiya uzoq davom etadigan mojarodan qo‘rqmasligiga ishora qilmoqda, chunki u yolg‘iz emas.
Shuningdek, uning fikricha, Pxenyan o‘z navbatida dunyoga AQShning Shimoliy Koreyani yakkalab qo‘yish va sanksiyalar kiritish strategiyasi barbod bo‘lishi va bu davlat ham yolg‘iz emasligi uchun harbiy tahdiddan qo‘rqmasligini ko‘rsatmoqda.
Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining Rossiya tadqiqot markazi tadqiqotchisi Suy Xen "Global Times" gazetasiga bergan intervyusida Rossiya delegatsiyasi a’zolari ro‘yxatidan kelib chiqqan holda, Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi keyingi hamkorlik harbiy soha, tabiiy resurslar, transport, sog‘liqni saqlash va kosmik sanoatga qaratilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
“Ikki tomon ham iqtisodiy rivojlanish va aloqalarni rag‘batlantirish uchun muvofiqlashtirishga e’tibor qaratadi”, — dedi u.
Rossiya va KXDR o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi