Rossiya va Shimoliy Koreya yetakchilari muzokaralar o‘tkazdi — tafsilotlar

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va KXDR davlat ishlari bo‘yicha raisi Kim Chen In delegatsiyalar tarkibida muzokaralar o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi KXDRning Rossiya siyosatiga, shu jumladan, Ukraina yo‘nalishida ko‘rsatayotgan yordamini qadrlaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar jarayonida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va KXDR davlat ishlari bo‘yicha raisi Kim Chen In delegatsiyalar tarkibida muzokaralar o‘tkazdi.
“Biz sizning Rossiya siyosatini, jumladan, Ukraina yo‘nalishidagi siyosatini izchil va so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotganingizni yuksak qadrlaymiz”, — dedi Putin.
Qayd etilishicha, Rossiya o‘n yilliklar davomida AQShning imperialistik siyosatiga qarshi kurashmoqda.
"Men o‘nlab yillar davomida o‘rnatilgan gegemon siyosatga, AQSh va uning satellitlarining Rossiya Federatsiyasiga nisbatan imperialistik siyosatiga qarshi kurashimizni nazarda tutapman", — dedi Putin KXDR rahbariga Rossiya siyosatini, jumladan, Ukraina yo‘nalishidagi siyosatini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirib.
Rossiya yetakchisining qayd etishicha, Rossiya va KXDR o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik teng huquqlilik va bir-birining manfaatlarini hurmat qilish tamoyillariga asoslanadi.
Rossiya rahbari hamkasbiga murojaat qilar ekan, uning taklifidan foydalanib, Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga tashrif buyurganidan chin dildan xursand ekanligini ta’kidladi.
“Rossiya va KXDRni o‘nlab yillar davomida mustahkam do‘stlik va yaqin yaxshi qo‘shnichilik bog‘lab turadi”, — dedi u.
Putin, shuningdek, Rossiya va KXDR o‘rtasidagi uzoq yillar munosabatlariga asos bo‘ladigan yangi fundamental hujjat tayyorlanganini ma’lum qildi.

“O‘tgan yili sizning Rossiyaga tashrifingiz natijasida bugungi kunda davlatlararo aloqalarimizni yo‘lga qo‘yishda sezilarli yutuqlarga erishdik. Bugun uzoq muddatli munosabatlarimizning asosini tashkil etuvchi yangi fundamental hujjat tayyorlandi”, — dedi Rossiya yetakchisi.

Vladimir Putin avvalgi avlodlarning jasoratlarini bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi va KXDR o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun yaxshi asos deb atadi.

“O‘tmishdoshlarimizning mehnatlari bugungi munosabatlarimiz rivoji uchun yaxshi asos bo‘lmoqda", — dedi Rossiya prezidenti.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-Koreya do‘stligi og‘ir sinovlar sharoitida mustahkamlangan. U 1945-yilda sovet askarlari Koreyani yapon bosqinchilaridan ozod qilish uchun koreys askarlari bilan yelkama-yelka jang qilganini esladi.
“1950-1953 yillardagi ozodlik urushida uchuvchilarimiz o‘n minglab jangovar topshiriqlarni bajardilar. Bugun esa, bilishimcha, dasturda Koreya ozodligi yodgorligi poyiga gulchambarlar qo‘yish ham bor”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.
Putin Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan navbatdagi uchrashuvi keyingi safar Moskvada bo‘lishiga umid bildirdi.
Putin KXDRga tashrifi arafasida maqola yozdi