Zoyir Mirzayev Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga tashrif buyurdi

Toshkent va So‘g‘d viloyatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamda ijtimoiy-madaniy sohalarda hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda
Sputnik
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiyasi Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga tashrif buyurdi.
So‘g‘dda O‘zbekiston delegatsiyasi milliy ashula va raqslar bilan samimiy kutib olindi.
Toshkent viloyati delegatsiyasining Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga tashrifi
Delegatsiya bugun “So‘g‘d-2024” savdo yarmarkasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi, Zoyir Mirzayev u yerda nutq so‘zladi.
Vizit delegatsii Tashkentskoy oblasti v Sogdiyskuyu oblast Tadjikistana
Tashrif davomida Toshkent viloyati va So‘g‘d violyati vakillari o‘zaro iqtisodiy sherikchilik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, savdo va tovar ayriboshlash hajmini yanada oshirish, ijtimoiy hamkorlikni kengaytirish, turizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Muzokaralar davomida yaqin vaqtda maktab va oliy ta’lim yo‘nalishida o‘zaro yaqin hamkorlik loyihalarini amalga oshirishiga kelishib olindi.
Toshkent viloyati delegatsiyasining Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga tashrifi
Shuningdek, turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Tashrif davomida o‘zbek, tojik tadbirkorlari ishtirokida B2B formatida muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Toshkent viloyati delegatsiyasining Tojikistonning So‘g‘d viloyatiga tashrifi