UQK va NATO taqdirini osmon hal qiladi
Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlarining asosiy ta’minot yo‘lini uzib qo‘yish uchun bor-yo‘g‘i 7 km qoldi.
SputnikG‘arb o‘zining yer, havo va koinotdagi misli ko‘rilmagan imkoniyatlaridan, ya’ni UQKni razvedka va aloqa vositalari, qurol va o‘q-dorilar, son-sanoqsiz dronlar bilan ta’minlayotgan bo‘lsa-da — Rossiya pozitsiyasini zaiflashtira olmaydi.
NATO sun’iy yo‘ldosh razvedka va aloqa tizimlari, yuqori aniqlikdagi "Storm Shadow", "Scalp" va ATACMS raketalari, Pentagon va NATOning barcha "ko‘p tarmoqli operatsiyalari" muvaffaqiyatsiz bo‘lib qolmoqda.
17 iyun kuni Rossiya Aerokosmik kuchlari Su-34 front bombardimonchi samolyotlarining navbatdagi partiyasi bilan to‘ldirildi. Su-34 dushmanning o‘t ochish va elektron qarshi kurashi sharoitida, tunu kun va murakkab ob-havo sharoitida jangovar vazifalarni bajarishga qodir.
Rossiyaning havodagi ustunligi, quruqlikdagi va dengizdagi operatsion vaziyatni belgilaydi. Ukraina Qurolli kuchlarining zaxiralari Volchansk va Chasov Yar shaharlarida jadal sur’atda uzoq masofali qurollar yordamida yo‘q qilinmoqda.
Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari 14-iyunga o‘tar kechasi Rossiya osmonida dushmanning 87 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirdi, ulardan 70 tasi Rostov viloyatida. Sinxron ravishda uchirilgan dronlar NATO yetkazib bergan yangi partiyadan bo‘lsa kerak.
Shuningdek, o‘tgan haftada Rossiya harbiy-dengiz kuchlari UQKning 12 ta ekipajsiz katerlari va spesnaz qo‘shinlarini olib ketayotgan uchta tezurar katerni yo‘q qildi.
G‘arb OAVlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘z muvaffaqiyatlari haqida harchand xabarlar tarqatishga urinmasin — bu Ukraina jangovar harakatlar teatrida vaziyatni o‘zgartira olmaydi.
Rossiya armiyasi Ukraina Qurolli kuchlarining asosiy ta’minot yo‘lini uzib qo‘yish uchun bor-yo‘g‘i 7 km qoldi. Buni hatto "Bild" ham ko‘rmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, maxsus operatsiya boshlanganidan buyon Ukrainaning 25 867 ta uchuvchisiz apparati, 613 ta samolyoti, 276 ta vertoloti va 529 ta zenit-raketa kompleksi yo‘q qilingan. Bular UQK uchun butun dunyo bo‘ylab 50 ta donor davlatlardan 98 milliard AQSh dollari evazigan to‘plangan qurollar.
14 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbga yangi tinchlik shartlarini yoki Ukraina Qurolli Kuchlari va NATOning yumshoq taslim bo‘lishini taklif qildi.
Moskvaning o‘zgarmas pozitsiyasi: Rossiya Federatsiyasining barcha yangi hududlarini tan olish, Ukraina qo‘shinlarini DXR, LXR, Xerson, Zaporojye viloyatlaridan to‘liq olib chiqish, Kiyevning NATOga qo‘shilishdan bosh tortishi, Ukrainani so‘zsiz demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish.
Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin bugun Rossiya prezidentining fikrini takrorladi:
"Tinchlik bitimini imzolash uchun keyingi shartlar — Ukraina uchun yanada murakkab va qattiqroq bo‘ladi". Agar Kreml Kiyev rejimiga va G‘arbga umuman yangi tinchlik rejasini taklif qilsa. Rossiya maxsus operatsiya hududida ham kengroq miqyosda ham qarama-qarshilikni to‘xtatmaydi. Bu yangi haqiqatdir.
G‘arb maxsus operatsiya zonasida o‘z mag‘lubiyatni to‘liq anglab yetmadi va aldanishda davom etmoqda. Bu bilan u Ukrainaning safarbarlik resurslari va davlatchiligini yo‘q qilishda davom etmoqda.
Insoniyatning ijobiy qarashli ko‘pchilligi 15-16 iyun kunlari Shveysariyada bo‘lib o‘tgan Ukraina bo‘yicha "tinchlik konferensiyasi"ni e’tiborsiz qoldirdi va geosiyosiy voqelikdan ajralgan "yakuniy deklaratsiyani" qo‘llab-quvvatlamadi.
Burgenshtok sammitining asosiy natijasi Zelenskiyga birinchi F-16 samolyotlarini yetkazib berishning e’lon qilinishi va Italiya bosh vaziri Jorjia Melonining ma’suliyatsiz bayonoti bo‘ldi: " Agar Rossiya Shveysariyadagi tinchlik sammiti shartlariga rozi bo‘lmasa, G‘arb uni jamoaviy taslim bo‘lishga majbur qiladi”. NATO bosh kotibi Stoltenberg Yevropada ko‘proq Amerika yadroviy qurollari (B61-12) bombalarini joylashtirish haqida gapirdi.
Qanday bo‘lmasin, Ukraina mojarosi "eski dunyo"ning tugashini va insoniyat taraqqiyotida yangi bosqich boshlanganini ko‘rsatadi: asrlar davomida G‘arb tomonidan ezilgan davlatlar xalqaro maydonga jarayonning teng huquqli ishtirokchilari sifatida qaytishmoqda. AQSh va NATO yadroviy qurol (ya’ni o‘z joniga qasd qilish) bilan bu "muammo"ni hal qila olmaydi.
Mashhur fransuz siyosatchisi Anri Jeno shunday ta’kidlagan: “Dunyoda dahshatli voqealar sodir bo‘lmoqda, ammo dunyoning g‘arbiylashuv bosqichi shu tariqa tugaydi. G‘arb besh asr davomida chetga surgan va xo‘rlagan barcha qadimiy imperiyalar, barcha qadimiy sivilizatsiyalar xalqaro maydonga qaytishni talab qiladi”.
Rossiya kurashi aksariyat insoniyat manfaatlariga javob beradi. Shu sababli, Shveysariyada bo‘lib o‘tgan G‘arb "tinchlik konferensiyasi" global janubiy mamlakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. Nemis jurnalisti Kristof Vanner "Die Welt" nashriga Kreml konferensiyaga e’tibor bermaganini, Rossiyaning Ukrainaga nisbatan yondashuvlarida “hech narsa o‘zgarmaganini” ta’kidladi.
Shveysariyaning “ Neue Zürcher Zeitung” nashri shunday dedi: “G‘arb Putinning g‘oyalarini amalga oshmaydigan deb atashi mumkin, ammo oxir-oqibat ularni jiddiy qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Moskva faqat Rossiya manfaatlarini hisobga olgan holda muzokaralar jarayonida ishtirok etish niyatida... Rossiya aholisining aksariyati faol yoki passiv ravishda G‘arbga qarshi kayfiyatda... Endi 2022-yil 24-fevralgacha aytilgan shartlarga qaytishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ukrainani hech qanday qo‘llab-quvvatlash "eski, boy berilgan dunyo tartibini" qaytara olmaydi.
"Eski dunyo"ning qulashi sharoitida faqat haqiqatdan ajralgan, aqli va o‘zini himoya qilish tuyg‘usini butunlay yo‘qotgan siyosiy masxarabozlar Bandera proksi armiyasi, va Amerikaning eski F-16 samolyotlari va yangi V61-12 bombalari bilan dunyoning eng kuchli yadroviy davlatiga tahdid solishi mumkin..
Harbiy kuzatuvchi Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga obuna bo‘ling.