TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Yangi LPK-101 "Krechet" teplovizorli nishonga olish tizimi nafaqat dengizda harakatlanuvchi ekipajsiz katerlarni, balki "Baba Yaga" turidagi katta hajmli dronlarni ham nishonga olishda qo‘l keladi.
Yangi nishonga olish tizimining asosiy xususiyatlaridan biri — u nishonni termal belgisi yordamida aniq ajratib ko‘rsatadi va harakatlanayotgan texnikada ham nishonni mo‘’tadil ushlab turishga qodir.
Ushbu kompleksning sinovlari quruqlikda ham, dengizda ham o‘tkazildi. Quruqlikda u "Kord" og‘ir pulemoti bilan jihozlangan "Tiger" zirhli mashinasida o‘rnatildi. Dengizda esa tezurar qayiqlarda sinovdan o‘tdi. Har ikkala holatda ham sinov muvaffaqiyatli o‘tdi.
"Yangi qurilma harakatlanayotgan transportda 100% qulayroq ishlash imkonini beradi. Displey bilan buni amalga oshirish yanada qulayroq”, — deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi harbiy xizmatchi sinovlardan so‘ng.