Qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin — O‘zgidromet

Respublika bo‘yicha havo harorati +34-39° bo‘ladi, ba’zi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Bugun ba’zi joylarda qisqa mudatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi.
"Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin", - deyiladi xabarda.

Harorat +34-39°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +41° gacha bo‘ladi.

Toshkentda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +35-37° bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +22-27° bo‘ladi.
Toshkentda soat 9:00 dagi atmosfera havosi monitoringi
RM10 dispersli zarrachalarining miqdori 25,81 mkg/m3 ni tashkil etdi. Bu SanEQvaN 0053-23 (500 mkg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan meyordan oshmadi.
RM 2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 11,62 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu JSST tavsiyalaridan 2,3 marta oshdi (5 mkg/m3).
Uglerod oksidi SO (avtotransport va sanoat korxonalari chiqindilari) 1,29 mg/m3 ni tashkil etdi. Bu SanEQvaN 0053-23 (5 mg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan meyordan oshmadi.