AQSh Rossiya va Xitoy vaksinalariga qarshi yashirin deziformatsiya olib borgani ma’lum bo‘ldi

Koronavirusdan millionlab odamlar halok bo‘layotgan vaqtda AQSh Rossiya va Xitoy vaksinalarining dunyoga tarqalishiga qarshi kampaniya olib borgan.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Pentagon Rossiyaning "Sputnik V" va Xitoyning "Sinovac" vaksinalariga qarshi yashirin dezinformatsiya kampaniyasi olib borgan. Bu haqida "Reuters" agentligi chop etgan maqoladan ma’lum bo‘ldi. "Russia Today" xabari asosida.
Rossiya vaksinasiga qarshi
Rossiya To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi direktori Kirill Dmitriyev "Reuters" maqolasiga izohida quyidagilarni ma’lum qildi:
Rossiyada emlashning oldini olish va preparatning tashqi bozorlarga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Rossiya vaksinasiga qarshi muvofiqlashtirilgan dezinformatsiya kampaniyasi o‘tkazildi;
Axborot hujumlari soxta akkauntlar, anonim manbalar, noxolis ekspertlar, shuningdek, Britaniya razvedka xizmatlari va AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi orqali amalga oshirilgan;
Britaniyaning kiberxavfsizlik markazi Rossiya Federatsiyasiga aloqador xakerlar AQSh, Buyuk Britaniya va Kanadadan vaksina ishlab chiqish haqidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashga uringanini da’vo qildi;
Britaniya OAVlari razvedka idoralariga tayanib, "Sputnik V" formulasini "AstraZeneca" kompaniyasidan rossiyalik xakerlar o‘g‘irlaganini da’vo qilishdi;
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z hisobotida Braziliyani "Sputnik" vaksinasidan foydalanmaslikka ishontirganini ochiq tan oldi;
Dezinformatsiyaga qarshi kurashish uchun fond Rossiya vaksinasining xavfsizligini tasdiqlovchi 50 tadan ortiq xorijiy tadqiqotlar va ilmiy nashrlarni tashkil etdi;
Xitoy vaksinasiga qarshi
Pentagon Xitoyning "Sinovac" koronavirus vaksinasiga qarshi ijtimoiy tarmoqlarda yashirin kampaniya olib bordi:
2020 yil bahoridan 2021-yilning o‘rtalarigacha emlashga qarshi qaratilgan turli mazmundagi maqolalar va axborotlar tarqatildi;
Filippin soxta akkauntlari orqali AQSh harbiylari "Sinovac" vaksinasi sinovlari va uning sifatini tanqid qildi;
X ijtimoiy tarmog‘ida kamida 300 ta akkaunt mavjud bo‘lib, ularning deyarli barchasi 2020-yilning yozida ochilgan va "ChinaAngVirus" xeshtegi bilan yaratilgan;
Xitoy vaksinasiga qarshi kampaniya Janubi-Sharqiy Osiyodan chiqib, Yaqin Sharqqa yetib bordi. Musulmonlar uchun ular vaksina tarkibida “cho‘chqa jelatini” borligini ta’kidladilar;
AQSh propagandasi ta’sirida filippinliklar emlashni istamadi va o‘sha paytda prezident bo‘lgan Rodrigo Duterte ularni hibsga olish bilan qo‘rqitdi;
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Pentagon ichki tekshiruvni boshlagan. Tramp va Bayden vakillari ushbu maqolaga izoh berishmadi;
Uning fikricha, AQSh Xitoyga qarshi savdo urushi va iqtisodiy sanksiyalar asosli ekanligiga ishonch hosil qilish uchun kampaniya olib borgan.
Rossiya TIV Diplomatik akademiyasining xodimi Vadim Kozulinning qo‘shimcha qilishicha, AQSh shu yo‘l bilan raqibini yo‘q qilishga uringan.
Ma’lumot uchun, AQSh bosimi ostida Rossiya va Xitoy vaksinalari jahon miqyosida tan olinmadi va ko‘plab mamlakatlarda ulardan foydalanish taqiqlandi. Bu o‘z navbatida koronavirus qurbonlari sonini oshirdi.
Yevropa va rivojlangan davlatlar o‘z ehtiyojidan 2-3 barobar ko‘p vaksina xarid qilgan vaqtda Afrika va kambag‘al mamlakatlarga umuman vaksina yetishmadi.
G‘arb davlatlarida ishlab chiqilgan va barcha uchun tavsiya etilgan vaksinalarning zararli oqibatlari keyinchalik oshkor bo‘ldi. Xususan "AstraZeneca" vaksinasi Yevropa Ittifoqida taqiqlandi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, deyarli 13 million odam SOVID-19dan vafot etgan. "G‘arb davlatlari raqobatning eng iflos usullaridan foydalanmaganida", ehtimol, qurbonlar soni kamroq bo‘lardi.