Ispaniyada "Real Madrid"ga hujum qilishga chaqirgan IShID* targ‘ibotchilari qo‘lga olindi

Terrorchilar futbol bo‘yicha Yevropa chempionati va Fransiyadagi Olimpiada o‘yinlari vaqtida hujum uyushtirishga dav’at qilishgan.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Ispaniya fuqarolik gvardiyasi “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti bilan bog‘liq bo‘lgan jamg‘arma faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar bermoqda "El Confidencial" gazetasi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, tarmoq a’zolari o‘z izdoshlarini "Real Madrid" futbolchilari va ushbu klub muxlislari bo‘lgan avtobusga hujum qilishga da’vat qilgan. Terrorchilar o‘z nishonlaridan biri sifatida “Real Madrid”ning uy arenasi hisoblangan “Santago Bernabeu” stadionini ham ko‘rsatgan.

Bundan tashqari, nashr Germaniyada futbol bo‘yicha Yevropa chempionati va Fransiyadagi Olimpiada o‘yinlari vaqtida hujumlarni qo‘zg‘atishga da’vatlar bo‘lganini xabar bermoqda.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari 9 kishini hibsga oldi. Operatsiya Yevropa politsiya agentligi (Yevropol) va AQSh Federal qidiruv burosi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Hozirda Ispaniya terrorchilik xavfining beshta ehtimolidan to‘rtinchi darajasini e’lon qildi. Bu yerda ekstremizmda gumon qilinganlar muntazam ravishda hibsga oladi.
* Rossiyada “Islom davlati” va IShID guruhlari terrorchi tashkilot deb tan olingan va uning faoliyati taqiqlangan.