TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekiston bo‘yicha bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqida respublika Gidrometeorologiya markazi xabar qilmoqda.
"Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin", - deyiladi xabarda.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat +34-39°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +41° gacha bo‘ladi.
Toshkentdpa kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +35-37° bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +20-25° bo‘ladi.
Toshkent shahrida atmosfera havosi monitoringi
17 iyun soat 9:00 dagi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM10 dispersli zarrachalarining miqdori 59,48 mkg/m3 ni tashkil etdi.SanEQvaN 0053-23 (500 mkg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan meyordan oshmadi.
17 iyun soat 9:00 dagi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM10 dispersli zarrachalarining miqdori 59,48 mkg/m3 ni tashkil etdi.SanEQvaN 0053-23 (500 mkg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan meyordan oshmadi.
PM 2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 32,03 mkg/m3 ni tashkil etdi, JSST tavsiyalaridan 6,4 marta oshdi (5 mkg/m3).
Uglerod oksidi SO (avtotransport va sanoat korxonalari chiqindilari) 1,63 mg/m3 ni tashkil etdi.SanEQvaN 0053-23 (5 mg/m3) bo‘yicha ruxsat etilgan meyordan oshmadi.