Matbuot markazi

Anons: Sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlik

Anjuman mavzusi: O‘zbekiston va Rossiyaning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Toshkentdagi Sputnik matbuot markazida 19-iyun, soat 11:00 da O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va aholi salomatligini muhofaza qilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat ATABEKOVning Rossiya bilan hamkorlikka bag‘ishlangan hamda aholining sanitar-epidemiologik faravonligini ta’minlashga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Unda quyidagi mavzular yoritiladi:
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik doirasida qanday loyihalar amalga oshirilmoqda?
O‘zaro munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari qanday?
Aholi salomatligi va aholining xavfsiz yashash muhitini tashkil etish, inson organizmiga xavfli va zararli ta’sirini bartaraf etish va uning hayotiy faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida ikki davlat hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari qaysilar?
Rossiya O‘zbekistonda bu borada qanday yangi tashabbuslar va loyihalarni ilgari surmoqda?
Jurnalistlar ishtirok etishga taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqami va Telegram manzili: +998971907178, @alisherakimbaev.