“Vaqti keldi”. Britaniyada kutilmagan taklif bilan Zelenskiyga murojaat qilishdi

Farajga ko‘ra, Kiyev Rossiya rahbariyati bilan muzokara olib borishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Britaniyaning Reform UK partiyasi yetakchisi Nayjel Faraj Vladimir Zelenskiyga Rossiya bilan muzokara olib borishni maslahat berdi, deb yozadi Daily Mirror.
“Men Zelenskiyga aytgan bo‘lardim: “Eshit, G‘arb seni hali ham qo‘llab-quvvatlayapti va qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, ammo hozir siz yo‘qotayotgan yoshlar foizi juda katta. Hech bo‘lmaganda muzokaralar olib borish vaqti kelmadimi?” U rad eta olmagan bo‘lardi”, - deya siyosatchining so‘zlarini keltiradi jurnalistlar.
Farajga ko‘ra, Kiyev Rossiya rahbariyati bilan muzokara olib borishi kerak, garchi bu katta ehtimol bilan hududni yo‘qotishni anglatsa ham.
Vladimir Putin juma kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvda muzokaralarni boshlash uchun Ukraina o‘z qo‘shinlarini Rossiyaning barcha yangi hududlari – DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlaridan olib chiqib ketishi kerakligini aytdi. Rossiya davlati rahbari Kiyev bu shartga rozi bo‘lganidan so‘ng, harbiy harakatlar darhol to‘xtatilishini ta’kidladi. Shuningdek, Putinning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev NATOga a’zo bo‘lish rejalaridan voz kechgani haqida rasman ma’lum qilishi kerak.
“Mutlaqo aniq”: G‘arbda Putinning Ukraina bo‘yicha taklifiga qoyil qolishdi