TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Sputnik Xalqaro axborot agentligi “Flot-2024” Xalqaro harbiy-dengiz salonining (XHDS) xalqaro axborot hamkoriga aylandi.
Dengiz saloni 19-23 iyun kunlari Kronshtadtda Harbiy-dengiz shon-shuhrat muzeyi va Kongress-ko‘rgazma markazi hududida bo‘lib o‘tadi. Salon tashkilotchilari - Sanoat va savdo vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi.
Salon ekspozitsiyasi an’anaviy tarzda qayiqsozlik va kemasozlik, qurol-yarog‘lar, jangovar boshqaruv, navigatsiya va aloqa tizimlari, kema elektr stansiyalari, dengiz aviatsiyasi, ta’minlash infratuzilmasi, yangi texnologiyalar va ilg‘or materiallarni o‘z ichiga oladi.
Besh kun davomida ish dasturi doirasida davra suhbatlari, konferensiyalar, yalpi majlislar, innovatsion ishlanmalar taqdimotlari, uchrashuvlar va dengiz sanoatini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.
“Flot-2024”ning muhim tarkibiy qismi Rossiya harbiy-dengiz flotining harbiy qayiqlari va kemalarining namoyishi bo‘ladi. Kema komandirlari va ekipajlari salon ishtirokchilari va mehmonlari uchun qiziqarli ekskursiyalar o‘tkazadilar, kemalarning tarixi, jihozlari va jangovar qobiliyatlari haqida gapirib beradilar.
Sputnik xalqaro axborot hamkori sifatida “Flot-2024” tadbirlarini 25 tilda yoritadi.