TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. Qirg‘iziston maxsus xizmatlari “Islom davlati*” xalqaro terrorchilik tashkilotining 15 nafar yollovchilarini qo‘lga oldi, deb xabar berdi respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.
“Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi a’zolari “Islom davlati” tashkiloti mafkurasini faol targ‘ib qilayotgan va terrorchilik xarakteridagi foto va videomateriallarni tarqatuvchi yoshlarni o‘z safiga jalb etgan yashirin radikal guruh faoliyatiga chek qo‘ydi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Unga ko‘ra, Bishkek va mamlakatning turli viloyatlarida 15 kishi qo‘lga olingan. Ularning yashash joylarida tintuvlar o‘tkazilib, katta miqdordagi diniy adabiyotlar musodara qilgan. Tegishli ekspertizalar tayinlangan.
“Guruh yetakchilaridan birini afg‘onistonlik IShID* a’zosi ijtimoiy tarmoqda masofadan turib yollagan va uning ko‘rsatmalariga amal qilib, boshqa tarafdorlarini jalb qilgan”, — dedi razvedka xizmati.
“Guruh yetakchilaridan birini afg‘onistonlik IShID* a’zosi ijtimoiy tarmoqda masofadan turib yollagan va uning ko‘rsatmalariga amal qilib, boshqa tarafdorlarini jalb qilgan”, — dedi razvedka xizmati.
Departamentning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, tarqatilgan foto va video materiallarda ommaviy terrorchilik faoliyatiga da’vat qilish, milliy, irqiy, etnik, diniy va mintaqalararo adovatni qo‘zg‘atish, konstitutsiya tuzumni ag‘darib tashlab “xalifalik” o‘rnatishga da’vat qilingan. Bundan tashqari, o‘qotar qurollar va pichoqdan foydalanish, qo‘lbola portlovchi qurilmalarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv videofilmlari ham bo‘lgan.
“To‘rt nafar hibsga olingan shaxs Bishkekdagi 1-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirildi, ushbu guruhning boshqa a’zolari va sheriklarini aniqlash bo‘yicha kompleks tergov-tezkor tadbirlari davom etmoqda”, — deya xulosa qildi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.
*Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilotlar