Rossiya migratsiya jarayonlarini boshqarishni faol ravishda raqamlashtirmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi: dolzarb muammolar va yechimlar” Moskva-Toshkent videoko‘prigida Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar bo‘yicha kengashi a’zosi Vladimir Volox ma’lum qildi.
Ekspertning so‘zlariga, hozir Rossiya Federatsiyasida davlat migratsiya siyosati va amaldagi qonunchilikni optimallashtirish bo‘yicha juda ko‘p ishlar qilinmoqda.
“Rossiya Federatsiyasi dunyoning ko‘plab ilg‘or davlatlari singari migratsiya jarayonlarini boshqarishning zamonaviy tizimlariga o‘tmoqda. Bu, birinchi navbatda, bu jarayonni raqamlashtirishga taalluqlidir”, — dedi Volox.
Mutaxassis Rossiyaga kelgan mehnat migrantlarining migratsiya bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishlari, patent olishlarini osonlashtirish uchun nimalar qilinayotgani, nima uchun va kimlar uchun qo‘shimcha uchta yangi reyestr joriy etishni rejalashtirayotgani haqida so‘zlab berdi.
Tafsilotlar — Sputnik O‘zbekiston videosida.