Ostonada 9-avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tadi. Tadbir yakunlari bo‘yicha tarixiy hujjat – XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish bo‘yicha do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash rejalashtirilgan. Hujjatda tomonlar mintaqada barqaror tinchlikni ta’minlash, Markaziy Osiyo davlatlarining barqaror va ilg‘or rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida o‘z sa’y-harakatlarini birlashtirish niyatida ekani aks etilgan.
2022 yil iyul oyida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu shartnomani imzolagan edi. Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari ham uni imzolashi kutilmoqda.
Ushbu hujjat mintaqada barqaror tinchlik o‘rnatish uchun mamlakatlarning keyingi integratsiyasi va hamkorligi jarayonlariga qanday ta’sir qiladi? Qayta-qayta sodir bo‘lgan chegara mojarolarini hal qilishga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Mintaqa davlatlariga energetika va transport sohasidagi kuchayib borayotgan muammolarni hal qilishga yordam beradimi? Ushbu masalalar ekspertlar tomonidan muhokama qilishdi.
Moskvadagi spiker: Darya Saprinskaya, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti ilmiy xodimi;
Ostonada: Rizzat Tasim, Qozog‘iston ijtimoiy taraqqiyot instituti ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish markazi rahbari, Qarlig‘ash Nug‘manova, “Sharq-G‘arb” xalqaro geosiyosiy prognozlash markazi prezidenti;
Bishkekda: Esen Usubaliyev, xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassis;
Toshkentda: Ra’noxon Tursunova, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti siyosatshunoslik kafedrasi dotsenti.