Anjumanda Rossiyada migratsiya siyosati sohasida kutilayotgan islohotlar, xorijdagi O‘zbekiston mehnat muhojirlarining munosib va xavfsiz mehnat qilishi uchun yaratiladigan sharoitlar, shuningdek, O‘zbekiston hukumati mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ko‘rayotgan choralari haqida gap bordi.
Ishtirokchilar:
Moskvada: Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar bo‘yicha kengash a’zosi, Rossiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, Davlat menejment universiteti professori Vladimir Volox, Moskva shahar O‘zbek milliy-madaniy muxtoriyati kengashi raisi Baxrom Ismoilov;
Toshkentda: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali dotsenti Ravshan Nazarov, O‘zbekiston respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Huquqiy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Kamola Shukurova.