Orol dengizining qurigan tubiga yangi turdagi o‘simliklar ekilmoqda

Ushbu o‘simlik tuzli shamollarning oldini oladi, uning poyasidan qurilish, to‘qimachilikda foydalaniladi, shuningdek, uni yem-xashak sifatida ham ishlatish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Orol dengizining qurigan tubi hududidagi qariyb 600 ming gektarlik maydonda birinchi marta noyob o‘simlik "Arundo donax" tajriba maydonida sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Shu kunlarda vazirlik tashabbusi bilan O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti professori Zinoviy Noviskiy boshchiligida ekish ishlari olib borilmoqda.
Na osushennom dne Arala visajivayut noviy vid rasteniy
“Orol dengizining qurigan tubi hududida qariyb 600 ming gektarlik maydonda sho‘r va nam tuproqlarda o‘rmonzorlar barpo etish maqsadida birinchi marta noyob o‘simlik Arundo donax tajriba maydonida sinovdan o‘tkazilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Hozirda o‘simliklar 1 oylik. Ular qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lganligi bois og‘ir cho‘l sharoitida ham 4 metrgacha o‘sa oladi. Uni ekish jarayonida ko‘chatlar o‘rniga ildiz kurtaklari o‘tqaziladi.
“Bular Orol dengizining qurigan tubi uchun boshqa hududlardan olib kelingan. 1-2 yil ichida Orolning barcha hududlarida Arundo donax o‘simliklari ekiladi, chunki ildiz so‘rg‘ichlari tez unib chiqadi”, — deydi Zinoviy Noviskiy.
Na osushennom dne Arala visajivayut noviy vid rasteniy
Ushbu o‘simlik tuzli shamollarning oldini oladi, uning poyasidan qurilish, to‘qimachilikda foydalaniladi, shuningdek, uni yem-xashak sifatida ham ishlatish mumkin.