TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Ukraina hech qachon Rossiya bilan murosaga kelmaydi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy Germaniya bundestagidagi chiqishi davomida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Murosaga kelish vaqti o‘tdi", – deb ta’kidladi Zelenskiy.
Zelenskiy, shuningdek, Ukrainani tiklash uchun Rossiya aktivlaridan foydalanishni talab qildi. Uning fikricha, mojaro Kiyev shartlari bilan yakunlanishi kerak.
Zelenskiy 11-iyun kuni Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyada ishtirok etish uchun Berlinga keldi.
Moskva muzokaralarga tayyor ekanini bir necha bor ta’kidlagan, biroq Kiyev qonunchilik darajasida ularga taqiq joriy qilgan. Vladimir Putin ta’kidlaganidek, agar Ukraina muzokara jarayonini xohlasa, bu taqiqni bekor qilish kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hech qachon mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga qarshi bo‘lmagan, lekin o‘z xavfsizligi kafolatlariga rioya qilgan holda.