TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Strategik bo‘lmagan yadroviy kuchlar mashqlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda RIA Novosti Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
“Mashqlar davomida Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi qurolli kuchlari bo‘linmalarini strategik bo‘lmagan yadro qurollaridan jangovar foydalanish bo‘yicha birgalikda tayyorlash masalalari ishlab chiqiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlanishicha, manevrlardan maqsad Ittifoq davlatining suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta’minlash uchun ikki davlatning strategik bo‘lmagan yadro qurollaridan jangovar foydalanish bo‘linmalari shaxsiy tarkibi va texnikasini tayyorligini ta’minlashdan iborat.
Mudofaa vazirligining xabar berishicha, birinchi bosqichda Janubiy harbiy okrugi raketa qo‘shinlari shaxsiy tarkibi “Iskandar” majmuasi uchun maxsus o‘q-dorilar olish, ular bilan raketa-tashuvchilarni jihozlash va uchirish zonasiga yashirin tarzda o‘tish ishlarini olib bordi.
Aviatsiya bo‘linmalari o‘quv jangovar bo‘linmalarini samolyot qurollari, shu jumladan “Kinjal” gipertovushli raketalari bilan jihozlash va patrul hududlariga uchish bo‘yicha mashq qilishadi.