Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hamkorlikda yangi GES quradi

Norin darosidagi 1860 MVt quvvatga ega GES Markaziy Osiyodagi eng yiriklaridan biri bo‘lib, Qirg‘izistonga elektr energiyasini qo‘shni davlatlarga eksport qilish imkonini beradi.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston Qambarota GES-1 qurilishi to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar berganimizdek, Vena shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro energetika forumi doirasida uch mamlakat energetika vazirliklari vakillari tomonidan Qirg‘iziston hududida yirik GES qurilishi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat imzolangan.
“Forum doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika vazirliklari o‘rtasida Qambarota GES-1ni qurish va foydalanish loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida uch tomonlama bitim imzolandi”, — deyiladi xabarda.
U yerda Qambarota GES-1 qurilishini muvofiqlashtiruvchi donor qo‘mitasi ham tashkil etilgan.
Qo‘mita tarkibiga bir qator moliyaviy institutlar, jumladan, Jahon banki, OPEK jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiya banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqalar kirdi.
Tomonlar, shuningdek, energetika sohasida, jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish, Qambarota GES-1 da suv va energiya resurslaridan foydalanishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini yaratishga kelishib olishdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘izistonda hozirdanoq GES qurilishiga hozirlik ko‘rilmoqda, uning ishga tushirilishi mamlakatdagi elektr taqchilligi muammosini hal qiladi.
Rejaga ko‘ra, Norin darosidagi 1860 MVt quvvatga ega GES Markaziy Osiyodagi eng yirik gidroyelektr stansiyalaridan biriga aylanadi va respublikaga elektr energiyasi eksport qiluvchi davlatga aylanish imkonini beradi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, obyektni qurish taxminan 4,5 milliard dollarga tushadi.