Ilon Mask sun’iy intellekt o‘rnatilgan Apple qurilmalarini ta’qiqlash bilan po‘pisa qilmoqda

Ilon Mask: Apple o‘z sun’iy ongini yaratishga aqli yetmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. Amerikalik tadbirkor Ilon Mask sun’iy intellekt o‘rnatilgan Apple qurilmalarini ta’qiqlash bilan po‘pisa qilmoqda , deb yozmoqda RIA Novosti.
Kuni kecha Apple Iphone, Ipad va Mac kompyuterlari uchun mo‘ljallangan yangi iOS18 ni taqdim etdi. Unda Apple Intelligence sun’iy intellekt o‘rnatilgan.
Neyron tarmoq sizga so‘rov bo‘yicha fotosuratlarni topish, ularni tahrirlash, odamlarni qirqib tashlash va hatto tekstli izoh asosida tasvir yaratish imkoniga ega.
Undan tashqari sun’iy ong sizning xabarlaringizni ko‘rib chiqib ularning qisqacha mazmunini aytib berish, siz so‘zlaringiz asosida javob yozish yoki keraksiz xabarlarni yashirishi mumkin.
Apple Intelligence sun’iy ongi allaqachon ommaga tanish bo‘lgan OpenAI kompaniyasining ChatGPT sun’iy ongi asosida yaratilgan.

“Apple o‘z sun’iy ongini yaratishga aqli yetmaydi, lekin OpenAI sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlashiga ishonadi. Aslida Apple sizning ma’lumotlarningiz bilan nima bo‘layotganini tasavvur ham qila olmaydi. Ular sizni sotmoqda... Bu shpionlik dasturini darhol to‘xtating aks holda barcha Apple qurilmalari mening kompaniyalarimda ta’qiqlanadi”, — deb izoh bergan biznesmen.

Gap shundaki, Ilon Mask oldin OpenAI kompanyasi asoschilaridan biri bo‘lgan, lekin keyinchalik ular bilan aloqalarni uzgan edi.