TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Turkiya Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev huzurida Turkiya Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yetakchisi o‘tgan hafta Turkiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida ko‘plab kelishuvlarga erishildi. Jumladan, O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha 10,1 milliard dollarga teng 158 ta yangi loyiha shakllantirilgan. Ushbu loyihalar sanoat, energetika, tog‘-kon va geologiya, transport, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarini qamrab olgan.
Shavkat Mirziyoyev huzurida Turkiya Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
"Ikki mamlakat o‘rtasidagi Imtiyozli savdo bitimi doirasida mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish, to‘qimachilik, charm-poyabzal, elektrotexnika, hunarmandchilik mahsulotlariga tarif va boj stavkalarini kamaytirish, Istanbul shahrida O‘zbekistonning savdo vakolatxonasini ochish rejalashtirilgan. Turkiya tajribasi asosida tog‘-adirlarni o‘zlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash tizimini joriy qilish, xalqaro standartlarga mos o‘zbek-turk Urug‘chilik test markazini ochish mo‘ljallangan", — deyiladi xabarda.
Prezident Turkiyaning yirik kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.
Shavkat Mirziyoyev huzurida Turkiya Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni bilan ham investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanib bormoqda, qator yirik loyihalarni amalga oshirish boshlangan, sarmoyalar portfeli tobora kengayib bormoqda. Podshohlik kompaniyalari ishtirokida umumiy qiymati 24,1 milliard dollarlik 34 ta investitsiya loyihasi ro‘yxati shakllantirilgan.
"Mazkur loyihalar doirasida joriy yilda jami 2,5 milliard dollar mablag‘ni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Shu jumladan, yil yakuniga qadar transport, raqamlashtirish, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, energetika sohalarida qo‘shimcha 13 ta loyihalar doirasida 1,5 milliard dollar investitsiya o‘zlashtirilishi kutilmoqda", — deya qayd etilgan xabarda.
Yig‘ilishda O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi ishini yanada faollashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Kengash doirasida shakllantirilgan ekologiya, tog‘-kon, moliyaviy hamkorlik sohalarida qiymati 6,5 milliard dollarlik yangi istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralarni yakuniga yetkazish va amaliy ishlarni boshlash muhimligi aytildi.
Prezident mutasaddilarga xorijiy investitsiyalarni to‘liq va sifatli o‘zlashtirish choralarini ko‘rish, loyihalarning amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishni topshirdi.
Investorlar bilan doimiy muloqot qilib, ular uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni tizimli hal etib borish vazifasi qo‘yildi.