TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. YeOII Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasining yangi bosqichi ostonasida turibdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Baxitjan Sagintayev ma’lum qildi.
“YeOII yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 14 foizdan oshdi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ikki baravar ko‘payib, qariyb 90 milliard dollarni tashkil etdi. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 43 foizga o‘sdi va 457 milliard dollarni tashkil etdi”, — dedi Sagintayev.
Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda integratsiya birlashmasiga a’zo mamlakatlar iqtisodiy integratsiyaning yangi bosqichi ostonasida turibdi.
“O‘rta muddatli istiqbolda davlatlarimiz YeOII bozorini asosiy tovarlar va resurslar bilan ta’minlashi, ishlab chiqarish va texnologik zanjirlarni, yangi darajadagi transport-logistika makonini, moliya bozorini shakllantirish, shuningdek raqamli transformatsiya jarayonlarini kuchaytirish kerak”, – deydi Baxitjan Sagintayev.
Shuningdek, Yevroosiyo “beshligi”ning xalqaro faoliyatiga alohida e’tibor qaratilib, YeOII iqtisodiy joziba qutbiga aylanishi kerakligini ta’kidladi.
Baxitjan Sagintayevning aytishicha, kelasi yili davlat rahbarlari nomidan “Yevroosiyo iqtisodiy yo‘li” deklaratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tayyorlanadi. Ushbu hujjat Ittifoqda 2030-yilgacha va 2045-yilgacha bo‘lgan davrda iqtisodiy jarayonlarni rivojlantirish vektorini belgilaydi.