Buxoroda Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro olimpiada ish boshladi

Buxoroda o‘tkazilayotgan olimpiadada 30 ta jamoa o‘zaro bahs yuritadi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda ilk bor Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi ish boshladi. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Vazirlik tomonidan tashkil etilgan olimpiada Buxoroda o‘tkazilmoqda.
Unda Finlyandiya, Turkiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Mongoliya, Ozarbayjon, Hindiston, Kuvayt, Belarus, Qatar, Gruziya, Tailand, Vyetnam va O‘zbekiston jamoalari ishtirok etadi.
“Nufuzli xalqaro tadbirda ushbu davlatlarning 30 ta jamoa (120 nafar ishtirokchi)si o‘zaro bahs yuritadi”, — deyiladi xabarda.
Sinov jarayonlarini qator xorijiy davlatlardan jalb qilingan malakali ekspert, yetuk olim va professor-o‘qituvchilar baholab boradi.
Xalqaro tadbir o‘z ishini 14-iyunga qadar davom ettiradi.