Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil

O‘zbekiston YeOIIga to‘liq qo‘shilishi afzalliklari – ekspert fikri

Sputnik matbuot markazida Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan videoko‘prik bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) to‘liq qo‘shilishdan qanday foyda oladi, degan savolga Rossiya Halqaro munosabatlar institutining Markaziy Osiyo sektori rahbari Stanislav Pritchin javob berdi.

Mutaxassis aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 30 foizi YeOII davlatlariga to‘g‘ri keladi. Lekin tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lmagani sababli O‘zbekiston yangi qonunlar qabul qilish va boshqaruv jarayonlarida ishtirok eta olmaydi.
Ikkinchidan, Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ham YeOII davlatlaridan kelgan migrantlarga nisbatan ko‘proq hujjat rasmiylashtirishi kerak. Agar mamlakat a’zo bo‘lsa, Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarga bu borada yengilliklar bo‘ladi.
Ekspert fikri bilan batafsil videolavhamizda tanishing.