Rossiya YaIM bo‘yicha Yaponiya va Germaniyani ortda qoldirdi — Putin

Yetakchilik pozitsiyasini doimiy ravishda tasdiqlab va mustahkamlab turish kerak, chunki boshqalar ham bir joyda turgani yo‘q - prezident.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Rossiya 2023-yilda iqtisod hajmi bo‘yicha allaqachon Yaponiya va Germaniyani ortda qoldirdi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida.

"Jahon bankining yangilangan (aniqlashtirilgan) hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yilda Rossiya yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha dunyoda Yaponiyadan o‘zib, to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilgan”, — dedi Rossiya prezidenti.

"Ammo shuni ta’kidlashni istardimki, gap, albatta, YaIMni baholash va hisoblash tizimlarida emas, hatto to‘rtinchi o‘ringa rasman kirishda ham emas. Rossiya, Germaniya, Yaponiya natijalari bir-biriga juda yaqin, farq kichik. Lekin yetakchilik pozitsiyalarini doimiy ravishda tasdiqlab va mustahkamlab turish kerakligini tushunamiz. Chunki boshqalar ham bir joyda turgani yo‘q", - dedi Putin.
Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) 5-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda va unda 136 ta davlatdan 20 mingga yaqin ishtirokchilar qatnashmoqda. PXIF — 1997-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va dunyoning eng yirik iqtisodiy anjumanlaridan biriga aylangan.