Rossiya va O‘zbekiston hududlararo hamkorlik masalalari Peterburg forumida muhokama qilindi

O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov PXIF-2024 doirasida Rossiya hududlari rahbarlari bilan hududlararo aloqalarni rivojlantirishni muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Shu kunlarda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro iqtisodiy forum doirasida Rossiya va O‘zbekistonning hududlararo hamkorligi muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Tomsk viloyati gubernatori Vladimir Mazur bilan sanoat va ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida amaliy uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Tomsk rahbari O‘zbekistonning yirik korxonalari bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish hamda Andijon va Qashqadaryo viloyatlari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalari muhokama qilindi.
️Botirjon Asadov, shuningdek, Arxangelsk viloyati gubernatori Aleksandr Sibulskiy bilan Pomoriya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashriflari yakunlari, shuningdek, davom ettirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildi.
Bugungi kunda Arxangelsk viloyati O‘zbekistonning Navoiy va Toshkent viloyatlari bilan hamkorlik shartnomasi ustida ishlamoqda.
Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov va O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida qo‘shma loyihalar pulini shakllantirish bo‘yicha ham ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Boshqirdiston bilan bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan yirik loyihalardan biri — Toshkent viloyatida Boshqirdiston bilan hamkorlikda texnopark barpo etishdir.
️O‘zbekistonda Moskva kunlarini o‘tkazish rejalashtirilgani haqida ham ma’lum bo‘ldi.
PXIF-2024 doirasida ma’lum bo‘lgan yana bir yangilik — O‘zbekistonda Moskva kunlari madaniy tadbirini o‘tkazish.