TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining (PXIF) yalpi majlisida nutq so‘zladi.
Rossiya prezidenti nutqidan asosiy bayonotlar:
Rossiya prezidenti nutqidan asosiy bayonotlar:
️Ishlayotgan pensionerlarning pensiyalari 2025-yil 1-fevraldan boshlab indeksatsiya qilishni boshlashi kerak, Davlat Dumasi qonun loyihasini ko‘rib chiqishi kerak;
6️%li oilaviy ipoteka dasturi 2030-yilga qadar uzaytiriladi. Ikki yoki undan ko‘p bolali oilalar uchun kichik shaharlarda imtiyozli ipoteka kreditlari beriladi.
️Eng kam ish haqi o‘rtacha ish haqiga bog‘lanadi: 2025-yildan boshlab uning 48 foizini tashkil qiladi va 22 mingga yetadi, 2030-yilga kelib 35 mingga ko‘tariladi.
️Rossiya IT-kompaniyalari uchun 2030-yilgacha 5 foizlik daromad solig‘i stavkasini belgilash zarur.
Qarovsiz obyektlar tadbirkorlarga ijara yoki mulk sifatida berilishi mumkin, ushbu joydan samarali foydalanish sharti bilan.
️Yirik kompaniyalarning bosh ofislarini hududlarga ko‘chirish g‘oyasi batafsil ishlab chiqishni talab qiladi, ammo e’tiborga loyiqdir.
Mahalliy tovarlarni butunrossiya bozoriga olib chiqish imkoniyatlari yangilangan Rossiya pochtasi va elektron savdoni yo‘lga qo‘yish kerak.
️Rossiya texnologik o‘zgarishlarga yuqori darajada tayyor ekanligini isbotladi - moliya sektori, transport o‘zgarmoqda, harbiy sektor yangilanishga muhtoj.
AQSh dollar monopoliyasidan foydalanib, o‘zga davlatlar resurslarini tortib olmoqda. Ularning bugungi qarzi $ 54,3 trln. va bu qarz hech narsa bilan ta’minlanmagan.
Yadroviy zarba - bu eng so‘nggi chora, umid qilamanki bu darajaga yetmaydi.
Rossiyada qo‘shimcha harbiy chaqiriq uchun ehtiyoj yo‘q. O‘tgan yilda 300 ming odam ko‘ngilli sifatida o‘z ixtiyori bilan voyenkomatlarga kelishdi. Bu yil yil boshidan buyon 160 ming. Bizda qo‘shimcha mobilizatsiyaga ehtiyoj yo‘q.
Rossiyaga shunchaki mehnat migrantlari kerak emas. Bizga ma’lum malakaga ega bo‘lgan, rus tilini biladigan, bizni qonunlar va an’analarimizni hurmat qiladigan mehnat migrantlari kerak.
Rossiya o‘zida Yevropa madaniyatini saqlab qoladi va shu bilan birga boshqa barcha madaniyatlarga hurmat bilan qaraydi. "Mana shu bizning ustuvorligimiz", - dedi Putin.
Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) 5-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda va unda 136 ta davlatdan 20 mingga yaqin ishtirokchilar qatnashmoqda. PXIF — 1997-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va dunyoning eng yirik iqtisodiy anjumanlaridan biriga aylangan.