Qo‘shma deklaratsiya, 19 ta hujjat: Mirziyoyev va Erdog‘an muhim bitimlarni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an raisligida O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev Turkiya yetakchisi va xalqiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, yig‘ilish muborak Qurbon hayiti arafasida va ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 32-yilligi nishonlanayotgan yilda o‘tkazilayotganini ta’kidladi.
Pod predsedatelstvom Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Tureskoy Respubliki Redjepa Tayipa Erdogana sostoyalos tretye zasedanie uzbeksko-tureskogo Soveta strategicheskogo sotrudnichestva visshego urovnya.
“Strategik hamkorlik kengashining tashkil etilishi O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi va sheriklikning barcha sohalarida yanada rivojlanishga kuchli sur’at bag‘ishladi”, – dedi Mirziyoyev.
So‘nggi yillarda o‘zaro savdo hajmi 1,5 barobarga, qo‘shma korxonalar soni 2 barobarga, O‘zbekiston iqtisodiyotiga turk investitsiyalari hajmi 2,5 barobarga oshdi. Ikki davlatning yirik shaharlari o‘rtasida haftasiga 90 ta parvoz amalga oshirilmoqda, Turkiyadan kelayotgan turistlar oqimi 3 barobarga ko‘paydi.
Yaqin kelajakda ikki tomonlama savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va birgalikda uchinchi davlatlar bozorlariga chiqish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida bojxona tariflarini pasaytirish, Istanbul shahrida O‘zbekiston savdo vakolatxonasini ochish zarurligi qayd etildi.
Qishloq va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish va tibbiyot klasterlarini tashkil etish sohalarida Turkiyaning ilg‘or tajribasi va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishga talab borligiga e’tibor qaratildi. Oliy, professional va texnik ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish, teatr festivallari, madaniyat haftaliklarini o‘tkazish, birgalikda tarixiy filmlar suratga olish va madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish sohalarida hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Pod predsedatelstvom Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Tureskoy Respubliki Redjepa Tayipa Erdogana sostoyalos tretye zasedanie uzbeksko-tureskogo Soveta strategicheskogo sotrudnichestva visshego urovnya.
Tomonlar hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini chuqurlashtirishga qaratilgan deklaratsiyani qabul qilinayotgani va ikki davlat rahbarlari boshchiligida O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashi tashkil etilganini olqishladilar.
Pod predsedatelstvom Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Tureskoy Respubliki Redjepa Tayipa Erdogana sostoyalos tretye zasedanie uzbeksko-tureskogo Soveta strategicheskogo sotrudnichestva visshego urovnya.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha hukumatlarga qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni tasdiqlash topshirildi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘anni kengashning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif qildi.
Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi yakunida Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tureskoy Respubliki Redjep Tayip Erdogan podpisali Sovmestnuyu deklaratsiyu ob uglublenii vseobyemlyushego strategicheskogo partnerstva.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tureskoy Respubliki Redjep Tayip Erdogan podpisali Sovmestnuyu deklaratsiyu ob uglublenii vseobyemlyushego strategicheskogo partnerstva.
Bundan tashqari, ikki mamlakat rahbarlari huzurida ko‘p qirrali sheriklikning ko‘plab sohalarini qamrab olgan 19 ta hujjat imzolandi. Jumladan:
Ilmiy almashinuv va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Hududiy rivojlanish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida bitim;
Standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida texnik ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Kosmik fanlar, texnologiyalar va tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Qishloq xo‘jaligi ta’limi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Energetik rivojlanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Axborot sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Kadastr masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Oila instituti va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Huquqiy sohada malaka oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tureskoy Respubliki Redjep Tayip Erdogan podpisali Sovmestnuyu deklaratsiyu ob uglublenii vseobyemlyushego strategicheskogo partnerstva.
Shuningdek, imtiyozli savdo, energetika bozorini tartibga solishga oid ikki tomonlama hujjatlar hamda Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.
Erdog‘an Mirziyoyevni qanday kutib oldi — foto