TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Anqara shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni "Turkiya Respublikasi nishoni" bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Sostoyalas seremoniya nagrajdeniya Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva "Ordenom Tureskoy Respubliki"
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sostoyalas seremoniya nagrajdeniya Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva "Ordenom Tureskoy Respubliki"
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Turkiyaning oliy davlat mukofotini Mirziyoyevga Rejep Tayyip Erdog‘an tantanali ravishda topshirdi.
“Bugun, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangan kunda Turkiya Respublikasining bunday yuksak mukofotini olish men uchun katta sharafdir. Ushbu mukofot xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari, oliy darajadagi ishonchli muloqot hamda ikki tomonlama ko‘p qirrali munosabatlarning jadal rivojlanishining ramzidir”, – dedi Mirziyoyev.
Sostoyalas seremoniya nagrajdeniya Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva "Ordenom Tureskoy Respubliki"
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Mazkur oliy mukofot Turkiya bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan davlat arboblariga beriladi.
Shuningdek, Anqaraga tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi hamrohligida Turkiya xalq amaliy san’ati va taomlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev s suprugoy v soprovojdenii Prezidenta Tureskoy Respubliki Redjepa Tayipa Erdogana s suprugoy posetili vistavku
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Oliy martabali mehmonlarga xalq ijodi jamoalarining teatrlashtirilgan chiqishlari namoyish etildi. Madaniy almashinuvlar qardosh xalqlarni yaqinlashtirish va do‘stligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev s suprugoy v soprovojdenii Prezidenta Tureskoy Respubliki Redjepa Tayipa Erdogana s suprugoy posetili vistavku
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shundan so‘ng Anqara shahridagi samarali O‘zbekiston-Turkiya sammiti yakunlandi.
Tashrif tadbirlari yakunlanganidan so‘ng, "Esonbug‘a" xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Rejep Tayyip Erdog‘an va rafiqasi kuzatib qo‘ydilar.
Uzbeksko-tureskiy sammit v gorode Ankare zavershilsya.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Uzbeksko-tureskiy sammit v gorode Ankare zavershilsya.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana