Yetakchi davlatlar qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, gegemonlikni saqlab qolishga urinmoqda — Putin

Davlatlar madniy va iqtisodiy darajada o‘z mustaqilliklarini mustahkamlashga intilayotganini ko‘rmoqdamiz - Putin.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Oldin lider bo‘lgan davlatlar qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham yetakchilikni saqlab qolishga harakat qilmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida.

“Biz davlatlar o‘rtasida o‘z suverenitetini mustahkamlash uchun haqiqiy poyga paydo bo‘lganini ko‘rmoqdamiz. Asosan uch sohada - davlat, qadriyatlar va madaniyat hamda iqtisodiy darajada. Shu bilan birga, yaqin vaqtgacha global rivojlanishda lider bo‘lgan davlatlar qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, o‘zlarining gegemon rolini saqlab qolishga harakat qilishmoqda ”, — dedi Putin PXIF-2024 yalpi majlisida.

Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi 5-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda.