TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekiston, Belarus, Qirg‘iziston va Rossiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari birjalari o‘rtasida shartnoma imzoladi. Hujjat Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida imzolandi. Bu haqda Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Volvach ma’lum qildi.
Birja savdosini rivojlantirish konsepsiyasi 2024-yilning kuzida YeOII mamlakatlari rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Bundan tashqari, vazir o‘rinbosari Belarus, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya birjalari vakillari tovar bozori ko‘rsatkichlarining xalqaro tizimini yaratish bo‘yicha kelishib olganini ma’lum qildi.
“Bugun hamkasblar tovar bozori ko‘rsatkichlarining xalqaro birja tizimini yaratishga kelishib oldilar. Birja savdosi va mustaqil narx ko‘rsatkichlari to‘siqsiz savdoni anglatadi, logistika vaqtini va bosqichlarini qisqartiradi. Bunday mexanizmlar kontragentlarga bir-birlarini topish, narxlarni translyatsiya qilish va resurslarni tezda qayta taqsimlash imkonini beradi”, — dedi u.
O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi raisi o‘rinbosari Nabixon Samatov “ushbu shartnomaning imzolanishi mamlakatlarimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga, o‘zaro munosabatlar va tashqi savdo rivojida katta turtki bo‘lishiga ishonamiz”, deb aytdi.