O‘zbekiston va YeOII

Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisida qanday hujjatlar imzolandi?

YeOII mamlakatlari hukumat rahbarlari Belorusda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida 12 ta masalani ko‘rib chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Belarusning Nesvij shahrida 3-4 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo Hukumatlararo Kengashi yig‘ilishida Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.
Transport infratuzilmasi, bojxona va tariflarni tartibga solish hamda iqlim masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo barcha mamlakatlarning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari ijobiy dinamikani ko‘rsatayotganini ta’kidladi, garchi hali ham yaxshilanish uchun imkoniyatlar mavjud.
“Barcha besh mamlakatda biz asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda ijobiy dinamikani ko‘rmoqdamiz”, — dedi u.
Shu bilan birga, Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, YeOII mamlakatlari birgalikda eng qiyin vaziyatlarda bir-birini qo‘llab-quvvatlab, integratsiya bo‘yicha muayan yutuqlarga erishgan.
"Bizda faxrlanadigan va intilish kerak bo‘lgan barcha narsa bor", — deya ta’kidladi Rossiya bosh vaziri.
O‘z navbatida, Rossiya yagona bojxona tranziti tizimini va bozorlar uchun umumiy qoidalarni yaratishni qo‘lladi.. Qozog‘iston Ittifoq faoliyatida sun’iy intellektdan foydalanish va Yevroosiyo chegaralaridagi nazorat-o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish zarurligini ta’kidladi.
Belarus qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha majburiyatlar muddatini uzaytirishga chaqirdi. Armaniston transport va logistika to‘siqlarini bartaraf etish orqali YeOIIning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashni so‘radi. Qirg‘iziston YeOII doirasida aviachiptalar narxini pasaytirish taklifi bilan chiqdi.
O‘zbekiston Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisida qanday takliflarni ilgari surdi?
Bosh vazirlar quyidagi hujjatlarni imzolashdi:
Yevroosiyo Hukumatlararo Kengashining 2024-yil 2-fevraldagi 2-son buyrug‘i ijrosining borishi to‘g‘risida;
Yevroosiyo Hukumatlararo Kengashining 2023-yil 8-iyundagi 3-son buyrug‘ini bajarish to‘g‘risida;
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining 2023-yilga mo‘ljallangan transchegaraviy bozorlardagi raqobat holati va ularda raqobatning umumiy qoidalari buzilishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi yillik hisoboti to‘g‘risida;
2023 yilda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi qarorlari loyihalarining tartibga soluvchi ta’sirini baholash monitoringi to‘g‘risida;
Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi majlisi vaqti va joyi haqida.
Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi sentabr oxiri – oktabr oyining boshida Yerevanda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Minsk va Nesvij shaharlarida Yevroosiyo hukumatlararo kengashi, “Belagro – 2024” xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi. Dastlab, Minskdagi “Ulug‘ tosh” Xitoy-Belarus sanoat parkida “Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining oziq-ovqat xavfsizligi” yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yalpi majlisda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zga chiqdi. Nesvijda Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston Yevroosiyo hukumatlararo kengashi majlisida qanday takliflarni ilgari surdi?