Matbuot markazi

Ekspertlar Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlarini sarhisob qilishdi

Ikki davlat rahbarlarining muzokaralari yakunlari bo‘yicha imzolangan hujjatlarning ahamiyati, savdo aloqalari va sarmoyaviy faoliyatni qanday rivojlantirish rejalashtirilgani haqida so‘z yuritildi.
Sputnik
Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha Moskva-Toshkent videoko‘prigi formatida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Rossiya FA Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti Markaziy Osiyo sektori boshlig‘i Stanislav Pritchinning fikricha, tashrif juda muvaffaqiyatli va samarali bo‘ldi, chunki rasmiy kun tartibidan tashqari, so‘nggi bir necha yil ichida eng uzoq davom etgan tashrif bo‘ldi.
“Mening fikrimcha, Hududlar rahbarlari kengashining yig‘ilishi juda muhim bo‘ldi, chunki bu hududlar o‘rtasida gorizontal aloqalarni o‘rnatish imkonini beruvchi eng samarali vositalardan biri”, — dedi ekspert.
Asosiy yechim - umumiy sanoat, iqtisodiy va investitsiya loyihalarini shakllantiradigan investitsiya platformasini yaratish, dedi u.
O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Bobur Rasulev Vladimir Putinning respublikaga tashrifi chog‘ida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha muayan kelishuvlarga erishilganini ta’kidladi.
“Vladimir Vladimirovich qishloq xo‘jaligi vazirimizga murojaat qilib, bizda juda mazali mevalar borligini ta’kidladi”, — dedi Rasulev.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari sifati va hajmini oshirish, ularning belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
“Hozirda dunyoda barcha mamlakatlar, jumladan, Rossiya va O‘zbekiston iqtisodiyoti islohot qilinmoqda. Shuning uchun nafaqat eksport va import, balki qo‘shma hamkorlik loyihalarini yaratish, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi mavjud barcha imkoniyatlardan foydalanish zarur”, — deya qo‘shimcha qildi Rasulev.
O‘zbekiston va Rossiya ekspertlari ikki davlat rahbarlarining savdo aloqalari va sarmoyaviy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlarning ahamiyati haqida gapirdi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.