Bayden Ukraina NATOga qabul qilinmasligini istisno qilmadi

Bayden: Ukraina NATOdan tashqarida qolishi mumkin, ammo AQSh uni qurollantirishda davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Ukraina joriy mojaro tugaganidan keyin NATOga a’zo bo‘lmasligi mumkin, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden "Time" nashriga bergan intervyusida.

“Tinchlik Rossiya hech qachon Ukrainani olmasligida bo‘ladi. Tinchlik shunday ko‘riishda bo‘ladi. Bu esa NATO, ular NATOning bir qismi ekanligini anglatmaydi. Bu degani, biz ular bilan ham, kelajakda o‘zlarini himoya qilishlari uchun qurol yetkazib beradigan boshqa davlatlar bilan ham xuddi shunday munosabatdamiz”, — dedi u.

Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
NATO resurslari tugashga yaqin va Rossiyani to‘xtata olmaydi — Alaudinov