Ukrainadagi harbiy instruktorlar immunitetga ega emas – Peskov

Peskov: Ukrainada harbiylarni tayyorlayotgan har qanday instruktor immunitetga ega emas.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylarni tayyorlayotgan har qaysi instruktor immunitetga ega emas, deya xabar berdi RIA Novosti.
Avvalroq “Washington Post” gazetasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga harbiy instruktorlar yuborish haqidagi qaroriga javoban, go‘yoki ularga zarba berishga buyruq berishi mumkinligi haqida maqola chop etgan edi.
"Ukraina rejimi harbiylarini tayyorlash bilan shug‘ullanadigan har qanday instruktorlar, ular fransuz bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hech qanday immunitetga ega emas", — dedi Peskov bu ma’lumotlar haqiqatga mos keladimi degan savolga.
Bayden ma’muriyati Ukrainadagi mojaroni muzlatib qo‘ymoqchi — OAV