O‘zbekiston va YeOII

Eron YeOIIda kuzatuvchi maqomini olmoqchi

Eron YeOIIda kuzatuvchi maqomini olishga qiziqish bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Eron Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi davlat maqomini olishga qiziqish bildirdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati rahbari Baxitjan Sagintayev Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha matbuotga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Biz 27-may kuni tegishli notani oldik. U belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi", — dedi u.
Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Aleksey Overchuk ushbu maqomni olish uchun ma’lum tartib-qoidalar mavjud ekanini eslatdi.
Ammo ular amalga oshirilsa, Eron taxminan shu yilning dekabr oyi oxirida kuzatuvchi bo‘lishi mumkin bo‘ladi.
Hozirda YeOIIga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya kiradi. O‘zbekiston, Kuba va Moldova tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston va YeOII — munosabatlar rivoji