O‘zbekistonlik bokschilar Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi — ular kimlar?

Boks bo‘yicha erkaklar va ayollar milliy terma jamoasi 11 ta vaznda yo‘llanmaga ega chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Parij-2024 yozgi Olimpiyada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqalar yakunlandi, deya xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Yakunlarga ko‘ra, O‘zbekiston boks erkaklar va ayollar milliy terma jamoasi 11 ta vaznda yo‘llanmaga ega chiqdi.

“Bunda erkaklar terma jamoamiz jahonda birinchilardan bo‘lib to‘liq tarkibda litsenziyani naqd qilgan bo‘lsa, ayollar jamoamiz esa bugun Bangkokda bo‘lib o‘tgan turnirdan so‘ng tarixda ilk bor 4 ta vaznda Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Olimpiyada o‘yinlarida qatnashadigan terma jamoa tarkibi:
Erkaklar: -51 kg: Hasanboy Do‘smatov, -57 kg: Abdumalik Xalokov, -63,5 kg: Ruslan Abdullayev, -71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, -80 kg: To‘rabek Xabibullayev, -92 kg: Lazizbek Mullojonov, +92 kg: Bahodir Jalolov.
Ayollar: -50 kg: Sabina Boboqulova, -54 kg: Nigina O‘ktamova, -57 kg: Sitora Turdibekova, -66 kg: Navbahor Hamidova.
Eslatib o‘tamiz, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari shu yilning 26-iyulidan 11-avgustigacha bo‘lib o‘tadi.