TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. NATO blokining resursi allaqachon tugashga yaqin va Rossiyani to‘xtata olmaydi. Bu haqda jurnalistlarga "Axmat" maxsus kuchlari otradi qo‘mondoni, Rossiya Mudofaa vazirligi Harbiy-siyosiy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Apti Alaudinov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“NATO blokining resursi, asosan, tugallanish arafasida, chunki... NATO hatto Rossiyani to‘xtatib turish uchun bunchalik ko‘p qurol-yarog‘ va texnikani ishlab chiqarishga qodir emas”, — dedi Alaudinov.
Shuningdek, u Ukraina tuzilmalarining kadrlar zaxirasi tugallanayotganini ta’kidladi.
Rossiya G‘arb davlatlarining Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berayotgani mojaroni hal qilishga xalaqit bermoqda, NATO davlatlarini mojaroga bevosita jalb qilmoqda deb hisoblaydi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol ortilgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va NATO mojaroda bevosita ishtirok etmoqda, jumladan, nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash orqali. Kremlning ta’kidlashicha, Ukrainani G‘arb qurollari bilan ta’minlash muzokaralarga hissa qo‘shmaydi va salbiy ta’sir ko‘rsatadi.