Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

"Axmat" maxsus kuchlari otradi Xarkov yo‘nalishiga yuborildi

“Axmat” jangchilari allaqachon yangi yo‘nalishga moslashgan va aloqa tarmog‘ini o‘rnatgan.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. "Axmat" maxsus tezkor otradi hozirda maxsus harbiy operatsiya uchun eng muhim bo‘lgan Xarkov yo‘nalishiga yuborildi. Bu haqda bo‘linma qo‘mondoni, Rossiya Mudofaa vazirligi Harbiy-siyosiy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Apti Alaudinov ma’lum qildi.

"Axmat" maxsus bo‘linmalari birinchi kunlardanoq birinchi eshelonda turgan bo‘linma. Biz hech qachon ikkinchi bo‘limda bo‘lmaganmiz. Hech kimdan orqada turmaganmiz. Bu holatda ham, albatta, bizni bugungi kunda eng muhim bo‘lgan ushbu hududga o‘tkazishgani ruhiyatimizni ko‘tarmoqda", – deya qo‘mondon so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Alaudinovning ta’kidlashicha, “Axmat” jangchilari allaqachon yangi yo‘nalishga moslashgan va aloqa tarmog‘ini o‘rnatgan.
"Bizning bo‘linmalarimiz allaqachon ma’lum bir joyda hujum operatsiyalari bilan shug‘ullanmoqda. Dushman qo‘poruvchilik va terrorchilik faoliyatini amalga oshirmasligi uchun qamrab olishimiz kerak bo‘lgan hududlarni egallab olganmiz", – deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya kuchlari zarbasi tufayli UQK Xarkov yaqinida chekinishni boshladi — MRB sobiq agenti